"Barselona" Dembelening narxini tushiradi
"Barselona" rahbariyati hamon frantsiyalik vinger Usmon Dembeleni sotib yuborish fikridan qaytmayapti.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” 23 yoshli futbolchining narxini 80 milliondan 50 million evroga tushirmoqchi. Dembelening “Barsa” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida shartnoma muddati yakunlanishi sabab kataloniyaliklar uni qishda sotib yuborishmoqchi.
Shu yoz Dembelega "Manchester Yunayted"dan jiddiy taklif bo‘lgan edi. Ammo yakunda ushbu transfer amalga oshmay qoldi.
Fikrlar