"Barselona" faqat bir shart bilan Matani o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

  • 1 may, 2019, 17:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Xuan Mata faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra kataloniyaliklar yozda erkin agentga aylanadigan 31 yoshli ispaniyalik futbolchi agar maoshi kamayishiga rozi bo‘lsa, u bilan shartnoma imzolashga tayyor. Aytish lozimki uning hozirgi paytdagi yillik maoshi 10,3 mln evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Mata joriy mavsum MYu safida jami 31ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 4ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!