
"Barselona" futbolchilar maoshlarini 162 million evroga kamaytirdi
"Barselona" futbolchilarining maoshlarini deyarli 162 million evroga qisqartirdi. Hozirda maoshlarning umumiy miqdori esa 404 709 155 evro.
Avvalroq “Barselona”ning maoshi 566 460 767 evroni tashkil qilgan.
Bu farq Antuan Grizmann, Jerar Pike, Fransisko Trinkau, Xordi Alba, Niko Gonsales, Frank Kessi, Usmon Dembele, Dest, Kleman Langle, Ansu Fati kabi futbolchilarning maoshi va amortizatsiyasi hisobiga qariyb 213 million evro iqtisod qilingani bilan bog‘liq.
Mavsum oralig‘ida "Barsa" besh o‘yinchi bilan shartnoma imzoladi - Oriol Romeu, Ilkay Gyundogan, Joau Felish, Joau Kanselu va Martines. Ularning maoshlari va amortizatsiya to‘lovlari 50,562,711 evroni tashkil qiladi.
Shuningdek, investitsiyalar va transfertlar o‘rtasidagi farq 78 100 000 evroni tashkil etgani qayd etilgan.
Fikrlar