"Barselona" futbolchilari bunga rozi bo‘lishdi

  • 22.03.2020 23:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu jamoa futbolchilari ishtirokida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra futbolchilar jamoadagi inqirozni to‘g‘ri tushunishgan va shu bois maoshlarining kamayishiga ham rozi bo‘lishgan.

Aytish kerakki, futbol musobaqalarining to‘xtatilishi jamoa iqtisodiga ham qattiq ta’sir qilgan. Chunki, klub bunday qiyin vaziyatda chiptalar va klub atributkalari savdosi hamda teletrantslyatsiyalardan foyda olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!