«Barselona» futbolchisi PSJning asosiy maqsadlaridan biriga aylandi
«Barselona» markaziy himoyachisi Erik Garsiya yaqin yillarda Frantsiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.
Frantsiya matbuotiga ko‘ra, 25 yoshli ispaniyalik himoyachi 2027 yil uchun PSJning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangan. Parij klubi futbolchini o‘z safida ko‘rishni istamoqda va uning uchun 70 million evrodan ortiq miqdorda taklif berishga tayyorligi aytilmoqda. Bu haqida Le Parisien nashri xabar berdi.
Erik Garsiya 2021 yildan beri Kataloniyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqtgacha u jamoa tarkibida 174 ta o‘yin o‘tkazgan, yetti marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan va shuncha golga assistentlik qilgan.
Mutaxassislar hozirda futbolchining bozor qiymatini 45 million evro atrofida baholamoqda. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar