"Barselona" Grizmanni kredit evaziga sotib olgani rostmi?

  • 15 iyul, 2019, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Jozep Mariya Bartomeu "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olish uchun mablag‘ni qaerdan olinganini tushuntirib berdi.

Tecno

“Ushbu transferni amalga oshirish biz uchun oson bo‘lmadi, chunki uning tovon pulini to‘lashimiz shart edi. Biz boshqa to‘lovlarni ham amalga oshirishimiz lozim edi va shu sababli Grizmanning tovon pulini bo‘lib to‘lash bo‘yicha kelishishga harakat qildik. Biroq, bizning bu taklifimiz rad etildi. Shu bois biz 35 mln evro kredit oldik. Endi bu mablag‘ni yaqin 6 oy davomida to‘lab beramiz. Qolgan mablag‘ni esa o‘z hisobimizdan qo‘shdik”, - deydi Bartomeu.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar Grizmann uchun madridliklarga 120 mln evro tovon puli to‘lashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!