"Barselona" himoyachisi qurolli hujum natijasida vafot etdi

  • 18.12.2025 18:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ekvadorning "Barselona" klubi himoyachisi Mario Pineyda o‘ziga qilingan hujumdan so‘ng 34 yoshida vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda. Ekvador ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, futbolchi bilan birga uning turmush o‘rtog‘i ham halok bo‘lgan. Marioning onasi jarohat olgan.

Pineyda 2016 yildan beri "Barselona" futbolchisi edi. Klub bilan birgalikda u ikki marta Ekvador chempionligini qo‘lga kiritgan, shuningdek, mamlakat kubogi sohibiga aylangan. Mario futbolchilik faoliyati davomida Ekvadorning "Independente del Vale", Braziliyaning "Fluminense" klublarida o‘ynagan.

2015 yilning yozida Pinayda Chilida bo‘lib o‘tgan Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u zaxirada bo‘ldi va bir daqiqa ham o‘ynamadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!