"Barselona" hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun 3 nafar futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda

  • 9 may, 2019, 22:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi mavsumlar oralig‘ida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun futbolchi sotib olmoqchi.

Tecno

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” bu borada Antuan Grizmann ("Atletiko"), Aleksandr Lakazett ("Arsenal") va Risharlisonlarni ("Everton") ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Biroq, ular orasida Grizmanning nomzodi favorit deya e’tirof etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda 28 yoshli frantsuz futbolchisining tovon puli 200 mln evroni tashkil etadi. Biroq, 1 iyuldan so‘ng bu 120 mln evroga pasayadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!