
"Barselona" ikki hujumchini transfer qilmoqchi
"Barselona" rahbariyati ushbu yozgi transferlar oynasida birdaniga ikki hujumchi, hususan, "Atletik" dan Niko Uilyams va "Manchester Yunayted" dan Markus Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilmoqda.
"The Times" xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar "ko‘k-anorranglilar" safida o‘ynashni istayotgan Reshfordni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishishni istamoqda. Niko masalasi esa biroz jiddiy. Sababi klublar 60 million evrolik taklif masalasida kelisha olishmayapti. Ispaniyalik vingerning o‘zi ham "Barselona"ga o‘tish uchun bir qator grand klublar takliflariga rad javobini berib kelmoqda.
Ma’lumot uchun Reshford o‘tgan mavsumni ijara asosida "Aston Villa" da o‘tkazgan edi.
Fikrlar