“Barselona” ikki tajribali futbolchisiga iltimos qildi

  • 4 avgust, 2022, 13:07
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi ikki futbolchisi bilan maoshini qisqartirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Tecno

“Diario Sport” nashri insayderi Jerar Romeroning xabar berishicha, kataloniyaliklar menejerlari himoyachi Jerar Pike bilan restoranda uchrashib, yangi kelganlarni ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun maoshini qisqartirishini so‘ragan.

"Barselona" La Liga tomonidan qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash uchun bu yo‘lni tanlamoqchi.

Rahbariyati xuddi shunday iltimos bilan yarim himoyachi Serxio Busketsga ham murojaat qilmoqchi. Shu munosabat bilan bugun futbolchining agenti bilan klub ofisida uchrashuv rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!