"Barselona" Jеrar Martin bo‘yicha bir qarorga kеldi
Flik qo‘l ostida himoyachi sezilarli o‘sish ko‘rsatmoqda. Ispaniyaning mashhur «Barselona» klubi 24 yoshli mahalliy himoyachi Jerar Martin bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Bu haqida Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, klub rahbariyati futbolchining Hans-Diter Flik bosh murabbiy sifatida ish boshlagandan buyon ko‘rsatayotgan o‘sishidan juda mamnun. Shu bois kataloniyaliklar Martinni yaqin yillar davomida jamoa tarkibida saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Hozirgi shartnoma 2028 yil yoziga qadar amal qiladi.
Tomonlar hozirda yaxshilangan moliyaviy shartlar bilan yanada uzoq muddatli kelishuvni muhokama qilmoqda. Insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, amaldagi shartnomada himoyachi uchun 100 million yevro miqdorida to‘lov miqdori (mablag‘ to‘lab olib ketish shartlari) belgilangan.

Fikrlar