“Barselona” “Kamp Nou”ga qachon qaytadi?

  • 4 sentabr, 2024, 08:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Kamp Nou" stadionini ta’mirlash 2024 yilning oxirigacha yakunlanishini aytdi.

Tecno

"Barcha qiyinchiliklarga qaramay, biz 2024 yilning oxirida, yangi yil  ta’tilida yangi stadionda o‘ynay olamiz", - dedi kataloniya klubi rahbari.

Rekonstruktsiya jarayonida 1957 yilda qurilgan arena tarixidagi eng yirik bo‘lib, uning sig‘imi 105 ming kishiga etkaziladi va tribunalar ustida tom o‘rnatiladi. Ish 2022 yilning bahorida boshlangan va 2026 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!