
"Barselona" kelasi yoz 3 ta super transferni amalga oshirmoqchi
"Barselona" 2022 yilning yozida yirik transferlarni amalga oshirmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Kataloniya klubi "RB Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmo, "Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xoland va "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olishni rejalashtirmoqda.
Olmo yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida "Barsa"ga o‘tishga juda yaqin kelgan edi. Kataloniyaliklar qishda 23 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma tuzishga yana bir bor harakat qilishadi, ammo bunday kelishuvni tuzish qiyin bo‘ladi, chunki "Leyptsig" Evropa musobaqalarida yuqori natijalar uchun kurashishni maqsad qilgan va shu sababli Olmoni qo‘yib yubormoqchi emas.
"Barselona" kelasi yoz Xoland uchun kurashadigan ko‘plab Evropa klublaridan biridir. Moliyaviy muammolar tufayli kataloniyaliklarning raqobatchilaridan imkoniyati biroz pastroq, lekin 2022 yilning yozida norvegiyalik futbolchining "Borussiya" bilan shartnoma bo‘yicha kompensatsiyasi biroz pastlaydi va bu "Barsa"ga yordam berishi mumkin.
Bundan tashqari, “ko‘k-anor ranglilar” Pol Pogbani ham jamoaga taklif qilishmoqchi. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi keyingi yozda tugaydi, tomonlar hali yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.
Fikrlar