
“Barselona”: Ketmasang, jamoasiz qolasan!
“Barselona” rahbariyati jamoa tarkibini tozalashni davom ettirmoqda. Klubdan ketishi talab etilayotgan navbatdagi futbolchi Serjino Dest hisoblanadi.
Taniqli jurnalist Xavi Migelning yozishicha, agar klub tez orada amerikalik himoyachini sotib yubora olmasa, u bilan shartnoma bekor qilinadi.
Xavi Ernandes 22 yoshli o‘yinchi xizmatidan foydalanmoqchi emas. Chunki Dest Amerika turnesiga olib ketilganiga qaramay, uning harakatlari murabbiylar shtabini qoniqtirayotgani yo‘q.
“Barselona” Serjino Destni 2020 yili “Ayaks”dan 21 million evroga xarid qilib, 2025 yilning yarmigacha shartnoma tuzgan edi. Bu transfer o‘zini oqlamadi.
Fikrlar