"Barselona" Koutino masalasida ma’qul takliflar bo‘lsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor
Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Filippe Koutinoning jamoadagi kelajagi hamon so‘roq ostida qolmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 27 yoshli braziliyalik futbolchining APL klublariga o‘tmasligi aniq bo‘ldi. Biroq, bu bilan uning “ko‘k-anor ranglilar” safida qolishi aniq emas. Chunki, agar uning transferi borasida yaxshi takliflar kelib tushsa, kataloniyaliklar rahbariyati buni ko‘rib chiqishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Koutino ayni damda “Barselona” bilan birga AQSh turnesida ishtirok etmoqda.

Fikrlar