
"Barselona" Koutinoni sota olmasligi mumkin. Chunki...
Kataloniyaning "Barselona" klubi braziliyalik yarim himoyachisi Filippe Koutinoni sotish borasida muammoga duch keladigan ko‘rinadi.
Sportsmole nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” 27 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib yuborishmoqchi, ammo, hozircha bu borada ularga birorta ham taklif kelib tushmagan.
O‘z navbatida “Barselona” Koutinoni 80 mln evroga baholayotganini aytib o‘tish lozim. U joriy mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazmoqda. Myunxenliklar ham uni sotib olishni xohlashmayapti.
Fikrlar