"Barselona" Kubarsi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

  • 13 fevral, 13:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pau Kubarsi "Barselona" bilan yangi mehnat shartnomasini imzolaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, kelishuv 2030 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Kubarsi "Barsa" futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda himoyachi 36 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga erishdi.

18 yoshli himoyachining "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Kubarsining transfer qiymati 70 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!