
"Barselona" lazaretiga yana bir futbolchi qo‘shildi
Himoyachi Alexandro Balde chap tizza osti payidan engil jarohat oldi. Bu "ko‘k-anorranglilar"ning chorshanba kungi mashg‘ulotlari vaqtida sodir bo‘ldi.
Baldening tiklanish muddatini "Barselona" hali ma’lum qilgani yo‘q. Ispaniyalik fulbekdan tashqari hozirda "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy jamoasida 2 ta futbolchi jarohat olgan. Ular darvozabon Mark Andre ter Shtegen va yarim himoyachi Pablo Gavi.
Balde "Barselona"ning joriy yilgi Ispaniya chempionatidagi uchta o‘yinida ham ishtirok etdi. Kataloniyaliklar La Ligada 7 ochko jamg‘argan. "Malorka" (3:0) va "Levante" (3:2) mag‘lubiyatga uchratilgan bo‘lsa, "Rayo Valekano" (1:1) bilan o‘yin durang bilan yakunlandi.
Ispaniya La Ligasining navbatdagi o‘yinini "Barselona" 14 sentyabr, yakshanba kuni o‘z maydonida "Valensiya"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar