"Barselona" Levandovski o‘rniga "Arsenal" futbolchisini ko‘rib chiqmoqda

  • 18.05.2026 12:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” hujumchi Robert Levandovskining o‘rnini bosadigan futbolchi izlashni boshladi.

Polshalik forvard yaqinda jamoani tark etishini ma’lum qildi va yakshanba kuni “Kamp Nou”dagi so‘nggi o‘yinidan keyin muxlislar bilan xayrlashdi.

"Transfer News Live" nashrining "El Nacional"ga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar “Arsenal” hujumchisi Gabriél Jezus variantini ko‘rib chiqmoqda.

“To‘pchilar” braziliyalik futbolchini 45 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Shu bilan birga, Transfermarkt portali 29 yoshli hujumchining bozor qiymatini 20 million yevro deb baholamoqda.

Jezusning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!