
"Barselona" Levandovskiga o‘rinbosar topdi
"Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
"TodoFichajes" nashrining ma’lum qilishicha, "Barselona" Isakni Robert Levandovskining o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Biroq klub shvetsiyalik hujumchi uchun "Nyukasl" talab qilayotgan 110 million evroni to‘lashga tayyor emas.
Shunga qaramay, "ko‘k-anorranglilar" Isak transferidan voz kechishmayapti. "Barselona" futbolchilarni qo‘shimcha to‘lov bilan almashtirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, kataloniyaliklar "Nyukasl"dan to‘lov summasini bir necha yilga bo‘lib to‘lashni so‘rashi mumkin. Bunda birinchi to‘lov 65 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 25 yoshli Isak 32 ta o‘yinda 22 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar