
"Barselona" "Liverpul" futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi
"Barselona" "Liverpul" yarim himoyachisi Nabi Keytaga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Sport.es" nashri.
Kataloniya klubi 27 yoshli gvineyalik futbolchini kelasi yozda tekinga qo‘lga kiritishga umid qilmoqda. 2022/23 yilgi mavsumda Keyta "Liverpul"ning bitta o‘yinida qatnashdi - Angliya Superkubogi doirasidagi "Manchester Siti"ga bahsda (3:1) 5 daqiqa harakat qildi.
Futbolchining mersisaydliklar bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali futbolchini 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar