“Barselona” madridliklarning eng qimmat futbolchisini oladi

  • 16 may, 2022, 17:36
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Atletiko”ning eng qimmat o‘yinchisi Joau Felishni transfer qilishni rejalashtirmoqda, deb zabar tarqatdi AS nashri.

“Matraschilar” portugaliyalik iqtidorni qo‘lga kiritish uchun 2019 yilda “Benfika”ga 127 million evrodan ko‘proq badal puli to‘lagan.

Kuchli chempionatga ko‘chib o‘tganidan keyin Felish kutilgan darajaga chiqa olmadi. Hozir uning narxi 70 million evroga tushgan. Uning amaldagi shartnomasi yana to‘rt mavsum davom etadi.

Shunga qaramay, Madrid klubi hujumko futbolchini sotib yuborishga tayyor.

Felish bu mavsum barcha turnirlarda 34 ta bellashuvda 10 ta gol urib, jamoadoshlariga oltita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!