"Barselona" Messi gol urgan bahsda qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi!

  • 08.02.2021 03:41
  • Abdullajon .
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 21-turidan o‘rin olgan "Real Betis" - "Barselona" bahsi o‘z nihoyasiga etdi. O‘ta qizg‘in kechgan o‘yin kataloniyaliklarning 2:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Gollarga "Betis" safida Borxa Iglesias hamda Vitor Ruis Torre mualliflik qildi. "Barselona"ning gollariga esa Leo Messi (maydonga tushishi bilanoq!), Fransisko Trinkao hamda Vitor Ruis Torre (avtogol) mualliflik qilishdi.

Shu tariqa, navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgan "Barselona" ochkolari sonini 43 taga etkazib olgan holda 2-o‘rinini saqlab qoldi. Eslatib o‘tamiz, 1-pog‘onadagi "Atletiko"da ochkolar soni 50 ta bo‘lib, 2 ta o‘yin kam o‘tkazilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!