
"Barselona" Messini qaytarishga jiddiy kirishdi
PSJ futbolchisi Messi yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Hujumchi hali yangi shartnoma borasida kelishuvga erishmagan. Parijliklar Leoni qolishini istaydi, lekin argentinalik jamoaning keyingi rejalarini bilishni xohlamoqda. Messi shunga qarab qaror qabul qiladi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Ispaniyaning mashxur insayderi Jerrard Romero ushbu ehtimoliy tranfer amalga oshirilayotgani haqida yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Barsa" Leoni La Liga ro‘yhatidan o‘tkazishga harakat qilmoqda. Bu futbolchilarning oylik maoshiini pasayishiga ham olib kelishi mumkin. Messi ayni dam Kataloniyaga qaytishga rozilik bildirmadi. Shu sababli, Laporta u bilan uchrashib, bunga ko‘ndirishi kerak.
35 yoshli hujumchi kamida yana bir yil Evropada qolmoqchi. U keyinchalik MLS yoki Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin.
Fikrlar