“Barselona” muhim o‘yinchini qolishga ko‘ndiryapti

  • 23 sentabr, 2024, 13:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati klubning eng iqtidorli o‘yinchilaridan biri Pedrini jamoada olib qolishga ko‘ndirmoqda. 

Tecno

Pedriga Evropaning etakchi klublari ko‘z tika boshladi. Kataloniyaliklar uning agenti Ektor Peris bilan muzokara o‘tkazdi. Suhbat ijobiy o‘tgani xabar qilinmoqda. 

Sport direktori Deku klub 21 yoshli yarim himoyachi bilan yangi shartnoma tuzilishini ma’lum qilgan. Biroq moliyaviy holat tufayli “Barselona” hozir Pedriga aniq taklif bera olmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo ma’lumot berdi.

Pedri “Las-Palmas” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Barselona”ga 2019 yili 23 million evroga transfer qilingan. Bugungi kunda markaziy yarim himoyachi 80 million evroga baholanmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!