
"Barselona" muxlislari uchun zo‘r xushxabar!
Dekabr oyi oxirida "Barselona" himoyachilari Dani Alves va Xordi Albada koronavirus aniqlangan edi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, ushbu ikki tajribali futbolchining oxirgi topshirgan test javoblari manfiy chiqqan. Tez orada ushbu futbolchilar jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Eslatib o‘tmiz, Xavi Ernandes qo‘l ostidagi “Barselona” navbatdagi uchrashuvini 5 yanvar kuni Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichi doirasida safarda “Linares Deportivo”ga qarshi o‘tkazadi.
"Ko‘k-anor ranglilar" La Liga musobaqa jadvalida 31 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar