
"Barselona" muxlislari uchun zo‘r xushxabar bor!
Ispaniya terma jamoasi va "Manchester Siti" kalubi hujumchisi Ferran Torres jamoasini almashtirishga juda yaqin turibdi.
Kataloniyalik insayder Jerar Romeroning xabar berishicha, Torresning “Barselona”ga o‘tishi 99 foizga aniq bo‘lib ulgurgan. Ushbu transfer yanvarda amalga oshiriladi. Ushbu transferning narxi 40-45 million evrona baholanmoqda. Bundan tashqari shartnomaga bonuslar ham kiritiladi.
Bundan avvalroq Ferran Ispaniyaga qaytish uchun maoshining kamayishiga ham rozi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Torres joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar