"Barselona" MYu yuduzini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho "Barselona"ning qiziqish doirasiga tushdi.
Argentinalik futbolchining kelajagi hali ham noaniq. U jamoani qishki transfer oynasida tark etishi mumkin edi, biroq hech bir klub "qizil iblislar" talablariga javob bera olmadi.TodoFichajes nashriga ko‘ra, "Barselona" yozda Garnacho uchun kurashga qo‘shilishi mumkin. Kataloniya grandi vaziyatdan foydalangan holda, 20 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted"dan ketishga ko‘ndirishni rejalashtirmoqda.
Transfermarkt portali Alexandro Garnachoning transfer narxini 50 million evro deb baholagan. Yosh futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar