"Barselona" o‘tgan mavsum qancha zarar ko‘rganini e’lon qildi

  • 05.10.2020 19:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Barselona” klubining o‘tgan mavsum qancha zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi. Aytish kerakki, kutilmagan pandemiya Evropaning aksariyat jamoalariga moliyaviy zarba berdi.

Kataloniyaliklar e’lon qilgan xabarga ko‘ra, jamoaning 2019/20 yilda ko‘rgan jami zarari 97 mln evroni tashkil etgan. Ularning aksariyat qismi ichki va xalqaro musobaqalarning to‘xtatilgani bilan bog‘liq bo‘ldi. Ispaniyada hozir ham stadionga muxlislar kirishi taqiqlangan.

“Barselona” o‘tgan mavsum jami 855 mln evro daromad olgan, xarajatlar esa 950 mln evroni tashkil etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!