“Barselona” o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi

CHERY AUTO

Basketbol bo‘yicha Evropa ligasining 13 tur bahslari yakunlandi.

Chempionatning ushbu turida Ispaniyaning eng kuchli jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. “Barselona” o‘z maydonida “Unikaxa” klubini qabul qildi. Kutilmaganda kataloniyaliklar raqiblariga 90:83 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Musobaqaning “BK Ximki” (Rossiya) va “Anadolu Efes” (Turkiya) uchrashuvi 86:68 hisobida yakunlangan bo‘lsa, “Olimpiakos” Gretsiyada qiyinchilik bilan  “TsSKA” (Rossiya)ni 88:86 hisobida engdi. Italiyada “EA7 Milan” Ispaniyaning “Baskoniya” klubi ustidan 92:85 hisobida zafar quchdi.

 Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!