"Barselona" o‘z yulduzini sotmaydigan bo‘ldi

  • 16 yanvar, 2022, 17:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Memfis Depayning Kataloniyadagi kelajagi so‘roq ostida turibdi.

"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klub niderlandiyalik futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Kataloniyaliklar rahbariyati Memfis o‘z formasini tiklab, jamoaga foyda keltira olishiga ishonmoqda.

Qayd etilishicha, Depayni sotish rejalashtirilmagan. U mavsum avvalida "Lion"ni erkin agent sifatida tark etib, "ko‘k-anorranglilar" safiga kelib qo‘shilgan edi. 

27 yoshli hujumchi "Barsa" libosida 23 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 gol va 2 assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!