
"Barselona" prezidentligi uchun nomzod Farre: Neymarni qaytarishimiz kerak. U ham ketishni xohlaydi
"Barseloni" klubi prezidentligiga nomzod hisoblangan Jordi Farre PSJ hujumchisi Neymarning jamoaga qaytish imkoniyatlari haqida gapirdi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
- Biz sport direktori va rahbarlar bilan jamoaga eng yaxshilarni olib kelish borasida ishlamoqdamiz. Agar ular menga Neymar eng yaxshi, deb aytishsa, u holda men uning oldiga boraman.
Neymar ham "Barselona"ga qaytishni istaydi. Bu haqiqat va bu biz uni qaytarib olishimiz kerakligini anglatadi, - dedi Farre.
Fikrlar