"Barselona" "Real Sosedad" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

  • 6 iyun, 2024, 06:33
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Sosedad" yarim himoyachisi Mikel Merino yozgi transferlar oynasida "Barselona"ga o‘tishi mumkin. 

Fabritsio Romano xabar berishicha, kataloniyaliklar ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilyapti. Aniqrog‘i, bu transferni Deku istamoqda. 

2018 yildan beri "Real Sosedad"da to‘p tepib kelayotgan Merino bu mavsum jamoa tarkibida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta golda ishtirok etdi. 

Eslatib o‘tamiz, Mikelning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. Uning klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!