
"Barselona": Sen bo‘lmasang, boshqasi!
Ispaniyaning "Marca" nashri "Barselona"ning yangi transferlari haqida yozdi.
Erling Xoland jamoa uchun juda qimmat. Levandovski transferining ehtimoli ham kam. Myunxenliklar Robertni qo‘yib yubormoqchi emas.
"Barselona" rahbariyati asta-sekin "Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku variantiga o‘tmoqda. Kataloniyaliklar forvardni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
"Chelsi" futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Nomzodlar orasida hozircha faqat "Inter" bor, ammo "neradzurilar" ham 100 million evro to‘lamoqchi emas. "Ko‘klar" Romeluni o‘tgan yili yozda 113 million evroga xarid qilgandi.
Fikrlar