
"Barselona" shu yili yozda Neymarni ortga qaytarmoqchi bo‘lgan. Kataloniyaliklar braziliyalik uchun transfer narxi ham belgilagan
"Barselona" klubi shu yili yozda Neymarni qaytarishga harakat qilib ko‘rdi. Bu haqda Le10sport nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar braziliyalik uchun PSJga 80 million evro taklif qilishgan. Lekin parijliklar rahbariyati uning transferiga rozilik bermagan.
Neymar joriy mavsum Frantsiya chempionatida bitta o‘yinda maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" o‘z yulduzi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytira olmadi. Natijada Messi ham Parijga yo‘l oldi.
Fikrlar