"Barselona" sobiq futbolchisi futbolga katta o‘zgartirish kiritmoqchi

  • 27.02.2025 22:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Jerar Pike jamoalarni hujumkor o‘yin ko‘rsatishga rag‘batlantiradigan yangi qoidalarni futbolda joriy qilishni taklif qilmoqda. Uning fikricha, 0:0 hisobidagi durang uchun jamoalarga ochko berilmasligi kerak.

"100, 200 yoki 300 evro sarflab stadionga kelgan odam 0:0 hisobini ko‘rmasligi kerak. Nimadir o‘zgartirish zarur. Masalan, agar o‘yin 0:0 hisobida tugasa, jamoalar hech qanday ochko olmasin. Tasavvur qiling, 70-daqiqadan keyin qanday o‘yin boshlanadi", – dedi Pike Iker Kasilyas bilan podkastdagi suhbatida.

Taxminan bir yil oldin Pike futbolda durang natijalarini butunlay yo‘q qilishni va basketbol misolida hal qiluvchi natijalar joriy etishni taklif qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!