"Barselona" sobiq yulduzi "El-Klasiko" oldidan o‘z taxminini aytdi
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich ertaga bo‘lib o‘tadigan "El-Klasiko" haqida o‘z fikrini bildirdi.
"El-Klasiko" jahon futbolidagi eng muhim bellashuv bo‘lib, unda har bir futbolchi ishtirok etishni orzu qiladi. Hozirgi vaziyatda ikkala jamoaga ham g‘alaba zarur. Shu bois, o‘yin juda keskin kechishi kutilmoqda",- dedi xorvatiyalik sobiq yarim himoyachi.
Ma’lumot uchun, Ivan Rakitich 2014-2020 yillarda "Barselona" safida harakat qilgan va joriy yilning iyul oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.



Fikrlar