
"Barselona" ter Shtegenga Portugaliyadan raqobatchi topdi
Lissabonning “Sporting” klubi darvozaboni Luish Mashimianu faoliyatini Evropaning grand klubida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda, Portugaliya yoshlar terma jamoasi posboniga “Barselona” ham qiziqish bildira boshlagan. Bundan avvalroq esa Luishni “Milan” ko‘zlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Kataloniyaliklar Mashimianuni kelajakda jamoaning asosiy posboni Mark-Andre ter Shtegenga raqobatchi bo‘lishiga ishonmoqda.
Luish Mashimianu joriy mavsum “Sporting” safida Portugaliya chempionatida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 6 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning lissabonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar