“Barselona” Tuxelga yoqmay qolgan o‘yinchini chaqiryapti

  • 24 sentabr, 2023, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi “Bavariya” himoyachisi Matteys de Ligtni qishki transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Myunxenliklar bu futbolchini bir yil muqaddam “Yuventus”dan transfer qilgan edi. Lekin “Bavariya”ni qabul qilib olgan Tomas Tuxel niderlandiyaning futbolchini keyingi paytda juda ko‘p tanqid qilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, germaniyalik murabbiyga 24 yoshli futbolchining o‘yin uslubi umuman to‘g‘ri kelmayapti.

Matteys de Ligt qimmatbaho o‘yinchilar toifasiga kiradi. Kataloniyaliklarda himoyachi uchun 75 million evro atrofida to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘ mavjud emas. Shuning uchun “Barselona” Matteysni qishda ijaraga olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!