"Barselona" ustozi Gyundogan bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi

  • 18 avgust, 2024, 12:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jurnalistlarning 33 yoshli yarim himoyachi Ilkay Gyundogan klubdan ketishi mumkinligi haqidagi savollariga javob berdi. Avvalroq OAVda futbolchi murabbiylar shtabiga jamoani tark etish niyati haqida aytgani bo‘yicha mish-mishlar paydo bo‘lgandi.

“U dushanba kuni engil jarohat oldi, shuning uchun biz uni uyda qoldirishga qaror qildik (Gyundogan “Barselona”ning “Valensiya”ga qarshi La Liga 1-tur uchrashuvida (1:2) tarkibga kiritilmadi). Men u bilan gaplashdim va uni juda yaxshi bilaman, uni qadrlayman. Ilkay jamoamizda qolishini his qilyapman”, - deya Flikning so‘zlarini keltirdi AS nashri o‘z sahifasida.

Gyundogan Kataloniya klubiga 2023 yilning yozida “Manchester Siti”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan davr mobaynida yarim himoyachi jami 51 ta uchrashuvda qatnashib, 5 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi maydonda 4180 daqiqa o‘ynadi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!