
"Barselona" va "Arsenal" Braziliya terma jamoasi futbolchisiga qiziqishmoqda
"Nottingem Forest" markaziy himoyachisi Murilloga "Arsenal" va "Barselona" qiziqishni boshladi. Bu haqda CaughtOffside ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli braziliyalik futbolchiga Evropaning ikki grandi ham katta qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, transfer 2026 yildayoq amalga oshishi mumkin.
Murillo joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta sariq kartochka oldi. Mart oyida u Braziliya terma jamoasi safida debyut qildi.
Himoyachining "Nottingem Forest" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 55 million evroga baholamoqda.
Fikrlar