"Barselona" va "Real" bir futbolchini ko‘zlamoqda. Xaridorlar orasida MYu ham bor

  • 6 fevral, 2020, 19:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birmingemning “Aston Villa” klubi yarim himoyachisi Jek Grilish La Liga grandlarining e’tiboriga tushdi. Gap “Real” Madrid va “Barselona” klublari haqida ketmoqda.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispan grandlari 24 yoshli futbolchining joriy mavsum APLda ko‘rsatayotgan muvaffaqiyatli o‘yinlaridan ijobiy xulosaga kelishmoqda.

Aytish kerakki, Grilish uchun “Manchester Yunayted” asosiy da’vogar hisoblanadi. Birmingemliklar esa uni 70 mln evroga baholashmoqda.

Ma’lumot uchun, Grilish joriy mavsum premer-ligada jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!