"Barselona" va "Tottenxem"ga Germaniya terma jamoasi futbolchisining xizmatlarini taklif qilishmoqda

  • 18 iyun, 2021, 12:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Myunxengladbax himoyachisi Mattias Ginter jamoadan ketishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda insayder Nikolo Skira o‘zining tvitter sahifasida.

Tecno

Jurnalistning ta’kidlashicha, nemis klubi futbolchini mehnat shartnomasi muddati tugayotgani sababli sotishi mumkin. Ginterning agenti allaqachon o‘z mijoziga xaridorlar topib qo‘ygan. Futbolchining xizmatlari Londonning "Tottenxem" va Kataloniyaning "Barselona" jamoalariga taklif qilingan.

Germaniya Bundesligasining so‘nggi mavsumida himoyachi 34 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

U “Borussiya” safida 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U Germaniya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!