"Barselona" xavbeki bir oyga safdan chiqdi

  • 24 fevral, 2020, 07:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" qanot himoyachisi Serxi Roberto UEFA Chempionlar ligasi doirasida "Napoli"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.

"Ko‘k-anor rangliklar" rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 28 yoshli ispaniyalik futbolchining o‘ng son mushaklari shikastlangan. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining tiklanish jarayoni uch-to‘rt xafta davom etadi.

Shuningdek, Roberto "Real"ga qarshi La Liga doirasida bo‘lib o‘tadigan bahsni ham o‘tkazib yuboradi.

"Napoli"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga quyidagi futbolchilar kiritildi:

Darvozabonlar: Ter Shtegen, Neto, Penya
Himoyachilar: Semedu, Pike, Langle, Umtiti, Firpo, Arauxo
Yarim himoyachilar: Rakitich, Buskets, Artur, de Yong, Vidal, Puch, Kolyado
Hujumchilar: Messi, Grizmann, Braytveyt, Fati, Akeme

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!