"Barselona" Xoland uchun bir necha futbolchilarini sotishga tayyor!

  • 4 oktabr, 13:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" markaziy hujumchisi Erling Xoland faoliyatini Ispaniya superklubida davom ettirish imkoniyatiga ega, deb xabar bermoqda "El Nacional" nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Barselona" norvegiyalik to‘purarga jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati ushbu transfer uchun bir nechta futbolchilarni sotishga tayyor. "Transfermarkt" portali 25 yoshli hujumchini 180 million baholamoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Xoland “Manchester Siti”ning 8 ta o‘yinida maydonga tushib, 11 bora gol urdi va bitta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!