“Barselona” Xolandni qachon va qanchaga olishi ma’lum bo‘ldi

  • 3 may, 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha yil davomida moliyaviy inqiroz bilan kurashgan “Barselona” iqtisodiyoti tiklana boshlanali. Ayniqsa, jahonga mashhur Nike bilan katta miqdordagi homiylik shartnomasining tuzilishi Kataloniya klubi moliyaviy imkoniyatlarini oshishiga xizmat qilmoqda.

Tecno

Klub muxlislari “Barselona” jahon futboli yulduzlari transferlarini amalga oshirishini kutmoqda. “Barsa” xo‘jayini Joan Laporta esa, anchadan beri o‘z jamoasida “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandni ko‘rmoqchi.

El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, “Barselona” rahbariyati norvegiyalik to‘purarni 2026 yilning yozida transfer qilishni mo‘ljallayapti. Bu transfer jamoaning asosiy to‘purari Robert Levandovskining o‘rnini to‘ldirish maqsadida amalga oshiriladi.

Chunki polshalik to‘purarning kataloniyaliklar bilan shartnomasi yana bir yildan keyin yakunlashi belgilab qo‘yilgan.

Manbaga ko‘ra, Xolandning “Barselona”ga transferi 175 million evroga tushishi mumkin. 2026 yilning yoziga qadar, kataloniyaliklarning moliyaviy imkoniyatlari yanada kengayishi kutilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!