
"Barselona" yana bir himoyachisi bilan shartnomani yangilamoqchi
"Barselona" himoyachisi Inigo Martines bilan klub shartnoma yangilash ishlarini olib bormoqda. Uning amaldagi bitimi 2025 yilning yozida tugaydi.
Jerard Romero xabar berishicha, jamoa u bilan 2026 yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzolashni istaydi. Himoyachining o‘zi ham Kataloniyada qolishni istaydi.
Martines ayni paytda jarohatda. U "Real"ga qarshi final bahsida safdan chiqqandi. Ispaniyalik futbolchi Ronald Arauxo lazaretda bo‘lib turgan paytda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va murabbiy ishonchini oqladi.
Eslatib o‘tamiz, Inigo 2023 yilning yozida "Barselona"ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi.
Fikrlar