"Barselona" yarim himoyachisi "Chelsi" va "Manchester Siti"ga o'tishdan bosh tortdi
«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado yozgi transfer oynasida Angliyaning bir qator yetakchi jamoalari taklifini rad etdi.
Insayder va jurnalist Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi «Manchester Siti» hamda Londonning «Chelsi» klublari taklifini qabul qilmagan. Ushbu jamoalar yozda Kasadoni o‘z saflariga qo‘shib olishni rejalashtirardi. Shu bilan birga, yarim himoyachiga «Aston Villa», «Nyukasl», «Fulham» va «Brayton» kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi esa futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor ekani aytilmoqda. «Barselona» Kasado transferi orqali taxminan 30 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Mark Kasado Ispaniya chempionati doirasida «Barselona» safida 24 ta o‘yin o‘tkazib, bir bor golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar