"Barselona" yarim himoyachisi mavsum yakuniga qadar safdan chiqishi mumkin

  • 17 mart, 16:25
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kataloniyaning "Barselona" klubi mavsum yakunigacha yarim himoyachi Mark Kasadosiz qolish xavfi ostida. Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli yarim himoyachi kecha La Liga doirasida "Atletiko"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan. Futbolchi frantsiyalik Antuan Grizmann bilan to‘qnashuvdan so‘ng ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Kasadoda tizza boylamlari uzilishi holati taxmin qilinmoqda. Agar ushbu xabar tasdiqlansa, u mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, La Liganing joriy mavsumida Kasado 23 ta o‘yin o‘tkazdi. Yarim himoyachi hisobida bitta gol va uchta golli uzatma mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!