"Barselona" yarim himoyachisiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda

  • 13.06.2026 14:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado yozgi transferlar oynasi oldidan Yevropa klublarining diqqat markazida bo‘lib turibdi.

"Mundo Deportivo" nashri ma'lumotiga ko‘ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. Biroq madriddliklar bosh murabbiyi Diego Simeone hozircha ushbu transferni ma'qullamagan.

Shuningdek, Kasado faoliyatini "Manchester Yunayted" yoki "Bayer"da davom ettirishi ham mumkin. Har ikki klub futbolchining vaziyatini kuzatib bormoqda.

Avvalroq Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi ham yarim himoyachiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Futbolchining manfaatlarini mashhur agent Jorje Mendes himoya qiladi. Kasadoning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!